Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish departamentining Neft kimyosi va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish bo‘limi bosh mutaxassisi (vaqtincha, bolani 2 yoshgacha tarbiyalash ta’tilidagi xodim o‘rniga) lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:
• Neft va gazni qayta ishlash mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• O‘zbek va rus tillarini og‘zaki va yozma nutq, ingliz tilini bilishi ustunlik beradi.
• Ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (Microsoft office: Excel, Word, Powerpoint).
• Neft va gaz sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
• Hujjatlar elektron aylanmasi bilan ishlash;
• Boshqaruv tizimi, xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhit, sanoat xavfsizligi va boshqa me’yoriy hujjatlarining talab va asoslarini bilish;
• Bozor kon’yunkturasini o‘rganish, tahlil etish;
• Neft bazalarda qo‘llaniladigan texnologiyalar, jarayonlar, qurilmalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
• Korxonalarning ixtisoslashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari, texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini bilish talab etiladi.
Nomzodlar 2024 yil 16 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.