July 11, 2023

“Uzbekistan GTL”mahsulotlari eksport geografiyasi kengaytirilmoqda  

Ruscha

Afg‘oniston milliy standartlar boshqarmasi (ANSA) rahbari Fayzulloh Tamim boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zolari "Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan tayyorlanayotgan sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayoni hamda O‘zbekistondagi muvofiqlikni baholash va metrologiya xizmatlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Tomonlar “GTL” yoqilg‘i mahsulotlarining Afg‘onistonga eksportini amalga oshirish maqsadida davlatlar o‘rtasida o‘zaro standartlashtirish va muvofiqlik tekshiruvlarini тайёрлаш masalalarini muhokama etdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va “ANSA” tashkiloti o‘zaro hamkorlikda sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining Afg‘onistonga eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tezlashtirilgan holda tashkil etishga kelishib oldi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube