October 7

Sizlar kelajakdagi zamonaviy korxonalarimizning boshqaruvchilarisiz

Ruscha

Qayd etish joizki, rahbar va yoshlar uchrashuvi har bir tashkilot va jamiyat rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga yetkazish, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda qo‘llab-quvvatlashning samarali choralarini belgilash imkonini beradi.

Bugun "O‘zbekneftgaz" AJda bo‘lib o‘tgan Boshqaruvi raisining faol yosh kadrlar bilan uchrashuvida ham ularning faoliyati va hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokamalar e’tibor markazida bo‘ldi.

Yoshlarni uy-joy bilan ta’minlanishida imtiyozli kreditlar ajratish, xorijda o‘qitish va malaka oshirish imkoniyatlari, shuningdek, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, Jamiyatda gender tenglikni ta’minlash maqsadida ayol kadrlar sonini oshirish, aynan rahbar lavozimlarda ham ular salohiyadan foydalanish zarurligi ta’kidlanib, buning uchun ishlarni ta’lim muassasalaridagi targ‘ibotdan boshlash muhimligi qayd etildi.

"Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" munosabati bilan yo‘lga qo‘yilgan loyihalarning kelgusida ham jadal davom ettirilishi yoshlarning istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini ta’minlashi ta’kidlandi.

Yoshlar uchun turli grantlar, xorijiy tillarni o‘rganish uchun kurslar tashkil etish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyati xususida so‘z bordi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbiy faoliyatida yanada faol bo‘lishga va rahbarlik salohiyatini rivojlantirishga undaydi. Yoshlar va rahbariyat o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, bu esa jamiyat rivojlanishida muhim qadamdir.

Uchrashuv yakunida Boshqaruv raisi yoshlarga o‘z kasbiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilab, jamiyat rahbariyati doimo ularni tinglash, faoliyatlarida ko‘mak berishga tayyor ekanligi va rivojlanishdan aslo to‘xtamasliklarini ta’kidladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook