January 25

Geologiya-qidiruv sohasida xalqaro tajriba joriy etilmoqda

Ruscha

Davlatimiz rahbarining geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish uchun ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish bo‘yicha bergan topshirig‘iga binoan Tataristonning “Tatneft” OAJ bilan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida geologiya va geofizika sohasidagi faoliyatni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uning doirasida, 24 yanvar kuni geologiya - qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida “Tatneft” OAJ Bosh direktori o‘rinbosari - Bosh geologi Rinat Aflyatunov boshchiligidagi geologlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya “O‘zbekneftgaz” AJda bo‘lishdi.

Tomonlar o‘zaro neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv, geologik va geofizik tadqiqotlar usullari, shuningdek tegishli vazirlik va idoralar bilan ishlarni tashkil etish masalalarini muhokama qiladilar.

Bundan tashqari, mehmonlar bilan birgalikda geologlar guruhi darajasini kuchaytirish, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va zamonaviy motivatsiya usullarini joriy etish, vakolatlar darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Tashrif davomida shuningdek, “Tatneft” OAJ delegatsiyasi “O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” Davlat korxonasida 2D va 3D texnikasidan foydalangan holda seysmik tadqiqotlar o‘tkazish, qayta ishlash va talqin qilish sohasidagi faoliyat hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishadi.

Shu bilan birga, “Tatneft” OAJ mutaxassislariga “O‘zbekneftgaz” AJ Modellashtirish Markazi hamda Burg‘ilashni boshqarish Markazida qo‘llaniladigan raqamli yechimlar taqdim etiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Tatneft” OAJ mutaxassislari bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiya ishlab chiqiladi.

Bular hamkorlikning bugungi holati bo‘lib, aloqalar keyingi bosqichda faol davom ettiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook