July 19, 2023

Talabalar amaliyot darslarini Sho`rtan gaz kimyo majmuasida o‘tkazishdi

Ruscha

Oliy ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Termiz davlat universiteti kimyo fakultetining birinchi bosqich talabalari uchun “Sho`rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda o‘quv-tanishtiruv amaliyoti tashkil etildi.

Yoshlarga majmua faoliyati, texnologik qurilmalarning tavsifi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari haqida ma’lumotlar berildi.

Markaziy laboratoriya bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiyada bo‘lajak mutaxassislar kimyoviy tajribalarda ishtirok etishdi. Ular laboratoriyadagi zamonaviy texnika va texnologiyalarning ishlash jarayonlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Shuningdek, majmua mutaxassislari yoshlarga kelgusida ushbu sohada faoliyat yuritishi uchun asqotadigan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu kabi amaliy darslar yoshlarga kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube