Strategik obyektlardagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Respublika idoralararo komissiyaning ish rejasiga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda komissiyaning Ishchi guruhi va Jamiyatga qarashli korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Komissiya a’zolari o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan safarbarlik ishlarini e’tirof etdi. Obyektlardagi belgilangan ichki tartib, fuqaro muhofazasi tuzilmasi qutqaruvchilarining faoliyati yuqori baholandi.
Shuningdek, hisobot davrida o‘ta muxim va toifalangan obyektlar qo‘riqlash tizimiga zamonaviy AKTlarni tatbiq etish ishlari olib borildi. Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchilar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, xavfli ob’yektlarning ishonchli ishlashini yo‘lga qo‘yish, yong‘in va sanoat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha ishlar me’yoriy hujjatlar talablariga amal qilgan holda bajarilgani alohida qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, 2024 yil davomida jamiyatga qarashli o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash va xodimlarning ko‘nikmasini oshirish maqsadida 41 ta maxsus-taktik o‘quv mashqi, 924 ta ob’yekt mashqi va 1047 ta “Yig‘in” xabari bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazilgan.