“Uzbekistan GTL” zavodida favqulloda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv mashlug‘oti o‘tkazildi
2023/2024 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalofat o‘tkazish, zavod tizimini barqaror ishlashini ta’minlashda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish maqsadida "Uzbekistan GTL" zavodida favqulloda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti ob’yekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari harakatini boshqarish bo‘yicha hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va hududiy boshqarmasi, Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi va zavodning mutaxassislari ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv-taktik mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad zavod rahbariyati, sex/bo‘lim boshliqlarining kuz-qish mavsumida avariyalar sodir bo‘lganda tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishni tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish va korxona ob’yektlarida (elektr, gaz, issiqlik energiyasi, ichimlik suvi) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha hududiy boshqaruv organlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirishdan iborat.
Mashg‘ulotlar jarayonida “Uzbekistan GTL” zavodi hududida shartli ravishda suyuq uglevodorod rezervuarida yoqilg‘ini sizib chiqishi va uning oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Dastlab favqulodda holat bilan bog‘liq hududda sodir bo‘lgan vaziyatda tegishli xizmatlarga xabar berish bo‘yicha dispetcherlik xizmatining harakatlari tekshirildi. “Yig‘in” xabari orqali barcha shaxsiy tarkiblarning saflanishi nazoratdan o‘tkazildi.
O‘quv mashqi mashg‘ulotlarida barcha qo‘yilgan topshiriqlar ustida ishlanib, mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.