Fransiyaning “Total Energies” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ va Fransiyaning “Total Energies” kompaniyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokara o‘tkazildi.
Dastlab “Total Energies” vakillari tomonidan kompaniya faoliyati haqida batafsil ma'lumot berilib, neft moylari, avtobenzin va dizel mahsulotlari xususiyatlarini yaxshilashda foydalaniladigan qo‘ndirmalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Qayd etish joizki, Fransiya kompaniyasining asosiy faoliyati neft va gaz qidirish, qazib olish, qayta ishlash va sotishdan iborat bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida o‘zining yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘iga ega.
Uchrashuvda o‘zaro ma'lumot almashish va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr bildirildi. Tomonlar o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha kelishib olindi.