“GTL” dizel yoqilg‘isining afzalliklari nimada?
Bugungi kunda ichki va tashqi bozorda talabgir bo‘lgan “Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan sintetik dizel yonilg‘isining afzalliklari – yuqori ekologik va operatsion ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
“GTL” dizeli patentlangan “Sasol” texnologiyasidan foydalangan holda tabiiy gazdan ishlab chiqarilgan mutloq sintetik, yuqori sifatli o‘rta distillatli yonilg‘i hisoblanadi. Mazkur yonilg‘i Yevropaning eng yuqori standartlariga javob bergani uchun Yevro 6 avlodiga (K-6) mansub bo‘lib, premium klass toifasidagi yonilg‘ilar qatoriga kiradi.
Quyidagi jadvalda an’anaviy va “GTL” dizeli o‘rtasidagi farqni taqqoslab ko‘rish mumkin:
Texas qishloq xo‘jaligi va mashinasozlik universiteti (Texas A&M University) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida “GTL” dizel yonilg‘isidan foydalanish atrof muhitga chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini sezilarli darajada kamaytirganini ko‘rsatdi.
“GTL” dizel yonilg‘isining tarkibida oltingugurt miqdori deyarli yo‘q. Bu esa transport vositasining ehtiyot qismlari, yoqilg‘i va moylash materiallarining xizmat muddati, avtomobilning texnik xizmat ko‘rsatish davri oralig‘i oshirilishini kafolatlaydi.
Eng muhimi, transport vositalarida “GTL” dizel yoqilg‘isidan foydalanilganda havoga oltingugurtli zaharli birikmalarning deyarli chiqarilmasligi atrof-muhit va inson salomatligiga bo‘lgan xavfni pasaytiradi. Atmosferaga zararli chiqindilarning chiqishi 40 foizga kamayadi.
“Sasol” tomonidan o‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra, “GTL” dizel yonilg‘isi qo‘llanilishida mukammal termal barqarorlik, toza va yanada samarali yonishga erishiladi. Ushbu yonilg‘ining yuqori syetan soni dvigatelni ishga tushirishni tezlashtiradi, dvigatel shovqinini kamaytiradi, issiqlik barqarorligini yaxshilaydi va dvigatelning yuqori kuchlanishda ishlashini ta’minlaydi.
Mazkur mahsulot ishlab chiqarilishi mamlakatimizning yoqilg‘i mustaqilligini mustahkamlaydi va ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaydi.