October 31, 2024

“Uzbekistan GTL”ning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yuqori baholandi

Ruscha

"Uzbekistan GTL" MChJda korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimini joriy etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida oktyabr oyida “CERT International” kompaniyasi tomonidan “ISO 37001” xalqaro standarti bo‘yicha birinchi nazorat auditi o‘tkazildi.

Ushbu standart korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi sifatida tashkilotning shaffoflikka sodiqligini va qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi. Audit jarayonida tizimning xalqaro talablarga qanchalik javob berishi, uning samaradorligi va kelajakda yaxshilanishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar o‘rganildi.

Auditorlar “Uzbekistan GTL”da korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan izchil chora -tadbirlarni yuqori baholab, korxonaning “ISO 37001” talablariga mos ravishda faoliyat yuritayotganligini tasdiqladi. Audit natijasida, korxona rahbariyatiga boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi choralarni mustahkamlash bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi.

Zavod uchun bu audit natijalari xalqaro darajadagi sifat talablariga muvofiqligini yana bir bor tasdiqlab, korxona faoliyatida yuqori sifat va shaffoflikka sodiqligini namoyon etdi. Korxona kelgusida ham korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini rivojlantirish va unga mos standartlarni saqlashni maqsad qilgan.

“Uzbekistan GTL” MChJ PR-xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook