May 14

"O‘zbekneftgaz" sog‘lom turmush-tarzi tarafdori

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazmasini an’anaga ko‘ra, “UNG-YOUTH MARATHON” yugurish musobaqasi boshlab berdi.

Ko‘rgazma doirasida o‘tkaziladigan ushbu marafon sohada mehnat qilayotgan bir necha yuzlab yosh kadrlarni bir joyda birlashtirishga imkon beruvchi loyihadir.

Qayd etish joizki, butun mamlakat miqyosida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilayotgan aholini sog‘lomlashtirish siyosati Jamiyat tarkibdagi barcha korxona va muassasalarida ham olib borilmoqda.

O‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, birdamlik, sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish va sportni yoshlar hayotining bir bo‘lagiga aylantirish maqsad qilingan bu yilgi tadbirda 500 nafarga yaqin xodim ishtirok etdi.

Poyga ishtirokchilari 3,9 km. masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdi. Marraga birinchilardan yetib kelgan 6 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.

Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook