Konlarda metan emissiyalarini qisqartirish ishlari amalga oshirilmoqda
Bugungi kunda texnika va texnologiya, sanoat yuqori darajada rivojlanayotgan bir paytda ekologiya, bioxilma-xillikni asrash, tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolar o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgani hech kimga sir emas.
Muammoni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ham “Metan emissiyalarini qisqartirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Noyabr oyida Shvetsariyaning “Vema S.A.” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tasarrufidagi “Ko‘kdumaloq”, “Zevarda”, “Alan” va “Pomuq” konlarida metan emissiyalarini aniqlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi.
Xususan, qurilmalarda uzoq yillardan buyon ishlatilib kelinayotgan asbob-uskunalarda tadqiqot-kuzatuvlari o‘tkazilib, aniqlangan metan emissiyalari sizib chiqish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha taklif va xulosalar berildi.
Kelgusida xorijiy hamkorlar bilan birga Jamiyat tasarrufidagi barcha ishlab chiqarish korxonalarida metan emissiyalarini qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.