July 11

"O‘zbekneftgaz" AJ reytingi "BB" darajaga ko‘tarildi

Ruscha

"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekneftgaz" AJ reytingini "BB-"dan "BB" darajasiga oshirdi.

Ushbu qaror agentlik tomonidan 2025 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi "BB" darajasiga, prognoz "Barqaror" etib belgilanganiga mos ravishda qabul qilindi.

Reytingning oshirilishi "O‘zbekneftgaz" AJga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yuqori darajadagi qo‘llab-quvvatlashni aks ettiradi. Bu kompaniyaning to‘liq davlat mulkida ekanligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat nazorati, gaz narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi, shuningdek, davlat kafolatlari, soliq imtiyozlari va boshqa yordam choralarini o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Fitch kompaniyaning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi strategik ahamiyati hamda mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy rolini inobatga olgan.

Batafsil ma’lumotni agentlikning rasmiy veb-saytida olishingiz mumkin:https://www.fitchratings.com/research/corporate-finance/fitch-upgrades-four-natural-resource-uzbek-corporates-following-sovereign-upgrade-10-07-2025

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati