March 6

Rahbar va ishchi-xodimlar ham “Yashil makon” loyihasi faol ishtirokchisiga aylanmoqda

Ruscha

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish jarayoni barcha hududlarda keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Jumladan "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar tomonidan ham daraxt va buta ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

Jamiyat rahbar va ishchi-xodimlari ham loyihaning faol ishtirokchilari bo‘lib, o‘zlari istiqomat qilayotgan mahalla, o‘qigan maktablari atroflariga ko‘chat ekishmoqda. Daraxt ekib, ekologik holatni yaxshilash orqali Ona tabiatni muhofaza qilish maqsad qilingan.

Xodimlarning ko‘chat ekishdagi bu jonbozliklari ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Ularning tashabbuslari odamlarning atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish va yoshlarning tabiatga nisbatan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga ham xizmat qiladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook