O‘zbekistonda AYOQSHlar tarmog‘i kengaytirilmoqda
Xabaringiz bor, 2019 yil “O‘zbekneftgaz” AJ va “Tatneft” OAJ o‘rtasida yoqilg‘i quyish shaxobchalari tarmog‘ini qurish va foydalanish bo‘yicha “Tatneft - UNG” qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.
2019 yil sentyabr oyida “O‘zbekneftgaz” AJning Toshkent shahridagi “Qoratosh” yoqilg‘i quyish shaxobchasi negizida “Tatneft” brendi ostidagi birinchi yoqilg‘i quyish shaxobchasi foydalanishga topshirilgan va qisqa muddatda mazkur brend iste’molchilar ishonchini qozongan.
Kompaniyalar hamkorlikda O‘zbekistondagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini yana bittaga ko‘paytirdi.
Natijada 19 ta yangi ish o‘rni ochilib, aholini kuniga 20 tonna sifatli neft mahsuloti bilan ta’minlash imkoni yaratildi. AYOQSH hududiga elektromobillarni quvvatlash uskunalari ham o‘rnatilib, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
AYOQSHda mahalliy va import benzinlari hamda dizel yonilg‘isi savdosi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida ham shu kabi AYOQSHning foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.