May 25

Vakant lavozimiga tanlov

“Oʻzbekneftgaz” AJ Strategiya loyiha ofisi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni jalb qilish uchun ochiq tanlov eʻlon qiladi.

Strategiya loyiha ofisi bosh mutaxassisi lavozimi uchun malakaviy talablar:

• Jamiyat rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va yangilash jarayonida ishtirok etish;
• Rahbariyat uchun tahliliy materiallar, taqdimotlar va hisobotlar tayyorlash;
• Strategik tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirishni analitik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
• Asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni yigʻish, tahlil qilish va monitoring olib borish;
• Strategik loyihalar boʻyicha moliyaviy-iqtisodiy modellalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
• Strategik koʻrsatkichlar boʻyicha muntazam boshqaruv hisobotlarini tayyorlash;
• Maʻlumotlarni yigʻish va strategik tashabbuslarni amalga oshirish masalalarida biznes boʻlinmalar bilan hamkorlik qilish;
• Qiyosiy tahlil (benchmarking) oʻtkazish hamda ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish.

Professional talablar

• Iqtisodiyot, moliya, menejment, injiniring, neft-gaz sohasi yoki turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʻlumot;
• Strategiya, analitika, konsalting yoki loyiha boshqaruvi sohasida kamida 3 yillik relevant ish tajribasi;
• Quyidagi yoʻnalishlarda ishonchli koʻnikmalar:
- maʻlumotlarni analitik qayta ishlash;
- taqdimot materiallarini tayyorlash (PowerPoint);
- Excel dasturidan ilgʻor darajada foydalanish;
• Moliyaviy tahlil va investitsion loyihalarni baholash asoslarini bilish;
• Moliyaviy modellashtirish boʻyicha bazaviy bilim va tajriba;
• Neft-gaz sohasi hamda asosiy biznes jarayonlarini tushunish — ustunlik hisoblanadi;
• Maʻlumotlarni tizimlashtirish va ular bilan ishlash koʻnikmasi;
• Analitik va BI vositalari bilan ishlash tajribasi — ustunlik hisoblanadi;
• Jamoada samarali ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish qobiliyati.
• Til boʻyicha talablar: Oʻzbek, rus, ingliz tillarini erkin darajada bilish majburiy (qoʻshimcha xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi).

Quyidagilar ustunlik beriladi:

• Boshqaruv konsaltingi yoki yirik sanoat kompaniyalarida ish tajribasi;
• Moliyaviy modellashtirish boʻyicha kuchli koʻnikmalar;
• Maʻlumotlarni tahlil qilish va BI vositalari (Power BI, SQL va boshqalar)ni bilish;
• Strategik loyihalarda ishtirok etganlik tajribasi.

Rezyume/obyektivlarni ushbu havola orqali yuborish mumkin: https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1
Muddat: 2026-yil 1 iyuniga qadar

Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat: +(99871) 207-27-72 (23-36, 25-69).

“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati