May 7

Mehnat huquqlari bo‘yicha mutaxassislar bilan ochiq muloqot

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Yuridik departamenti tashabbusi bilan “Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda asosiy yangiliklar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mehnat huquqi sohasida ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich ishtirok etdi.

Seminar “O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun oflayn va onlayn formatlarda tashkil etildi.

Qatnashchilar mehnat qonunchiligi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassisdan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirda mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash, xalqaro standartlar asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish va ishga qabul jarayonlarini soddalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Seminar ishtirokchilari ushbu yangiliklarning amaliyotdagi ahamiyati, ularni joriy etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Bunday seminar-treninglar “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlarining huquqiy bilimini mustahkamlash, mehnat qonunchiligidagi islohotlarni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati