September 2, 2023

Bir guruh xodimlar “Faxriy yorliq” va pul mukofotlari bilan taqdirlandi 

Ruscha

Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 200 nafardan ortiq ishchi-xodim “Faxriy yorliq” va bir oylik maoshi miqdorida mukofotlandi.

Ularning har biri mamlakatimiz neft va gaz sanoati tarmog‘ining yuksalishi yo‘lida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, ayrimlari esa qisqa muddat ichida natijalarni ko‘rsatgan yoshlarni tashkil etadi.

Ular Mustaqillik bayrami, qolaversa har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida keng nishonlanadigan neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami arafasida ko‘rsatilgan bunday e’tirofdan mumnun ekanligini bildirishdi.

Mukofotlangan xodimlarga mashaqqatli mehnatlari uchun minnatdorchilik va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar bildirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube