Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi
Joriy yil 12 fevral kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida “O‘zbekneftgaz” AJga birja savdolariga qo‘yilayotgan dizel yonilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.
Jamiyat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilg‘isi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isining narxlari EKO dizel yonilg‘isi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi.
Bugun, 19 fevraldan Jamiyatga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isi bir tonnasi 11 608 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.