August 30

“Zakovat” o‘yinida g‘oliblar aniqlandi

Ruscha

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Xiva shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ va tizim tashkilotlari o‘rtasida “Zakovat QUIZ” intellektual o‘yinining Final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv yoshlarning bilimlarini namoyon qilish va salohiyatlarini kashf etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bilimga chanqoq yoshlardan tashkil topgan eng kuchli jamoalar zakovat sinovida bahs olib bordilar. Zukko va bilimdon yoshlar bir-biridan qiziqarli savollarga javob izlab, o‘z topqirligini namoyon etdilar.

Yakunda umumiy hisob bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi hamda g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi:

• I-o‘rin — “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ jamoasi;
• II-o‘rin — “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QQ jamoasi;
• III-o‘rin — “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi.

Intellektual o‘yin davomida yoshlar tahlil qilish, tezkor va mustaqil fikrlash hamda jamoaviy ishlash kabi ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Shuningdek, tadbir so‘ngida yoshlar Ichan Qal’a tarixiy majmuasini ziyorat qilib, yurtimizning betakror tarixi va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati