Muborak gazni qayta ishlash zavodida “Yoshlar kuni” o‘tkazilmoqda
Tadbirda "O‘zbekneftgaz" AJ tizim tashkilotlari yoshlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlarni zavodning faoliyati, uning tarixiy va texnologik rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, kasbiy salohiyatlarini oshirishda ko‘maklashishdir.
Delegatsiya a’zolari ochilish marosimidan so‘ng zavodning 50 yillik tarixi aks etgan muzeyga ham ekskursiya qildilar.
Shuningdek, yoshlar zavoddagi eng muhim texnologik qurilmalar va uskunalarning yillik quvvatlari va ishlab chiqarishda barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Malaka oshirish treninglari va mahorat darslari orqali yosh mutaxassislarga ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish, texnologik yutuqlardan foydalanish va zavoddagi innovasion yechimlar haqida ma’lumotlar berildi.