November 8, 2023

“Uzbekistan GTL” zavodiga press-tur tashkil etildi

Ruscha

Bugun, 8 noyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” zavodida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Dastlab, jurnalistlar zavodning markaziy boshqaruv binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, zavodda tayyorlanayotgan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarish holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng ular zamonaviy qurilma va asboblar bilan jihozlangan Markaziy laboratoriyada Yevropa ekologik va “O'zDSt EN 15940:2022” milliy standartlariga javob beradigan yuqori sifatli “GTL” dizel yoqilg‘isining tahlil jarayonlarida ishtirok etdi.

Press-tur doirasida zavodning iqtisodiyot rivojiga qo‘shayotgan hissasi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot hajmi, sifati va narxi borasida Matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida jurnalistlar zavodga salohiyatli yosh kadrlarni yetkazib berayotgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Eng fidoiy ustoz II” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham qatnashishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube