December 19

Energetika vaziri yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ruscha

Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov yoqilg‘i-energetika kompleksi yosh mutaxassislari, xorijiy hamda qo‘shma korxona vakillari va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida vazir energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, o‘zining hayotiy tajribalari va qadriyatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblar shaklida o‘tib, "O'zbekneftgaz" AJ yosh xodimlari yoqilg‘i-energetika sohasidagi dolzarb masalalar va rejalashtirilgan loyihalar bo'yicha qiziqtirayotgan savollarini berishdi va olib borilayotgan ishlar bo'yicha o'z takliflarini taqdim etishdi. Shuningdek, vazir yoshlarga ish faoliyatida foydali bo‘ladigan tavsiya va maslahatlarini berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook