Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida quvvati 600 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qarashli “Qarshitermoplast” sexi binolarining tom qismida quvvati 600 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini o‘rnatish ishlari boshlandi.
Shuningdek, majmuaga qarashli “Erkatoy -1,2,3,4” maktabgacha ta’lim muassasalari ob’yektlarida ham umumiy quvvati 40 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, elektr montaj ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra yil oxiriga qadar majmua atrofidagi avtoturargoh uchun 1100 kVt, ishchilar shaharchasi uchun 230 kVt, tashqi suv ta’minoti sexiga qarashli suv haydash inshooti uchun 50 kVt hamda A va V ustun nasos stansiyalari uchun 2 kVt, “Medservis” sog‘lomlashtirish markazi uchun 20 kVtli quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yil oxirigacha umumiy quvvati 2.04 MVt quyosh elektr stansiyasini o‘rnatish va yillik 4430.268 ming kVt elektr energiyasini tejashdir.