September 25

Xodimlar donorlik aksiyasida ishtirok etdi

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi va tibbiyot xodimlari hamkorligida qonga muhtoj bemorlarga yordam berish maqsadida "Madad bo‘l" xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Qon topshirish jarayonini xavfsiz va qulay shart-sharoitlarda o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan ko‘chma qon topshirish punktlari tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari har bir donorning salomatligini tekshirib, jarayonni nazorat qilib bordi.

Jamiyatning markaziy apparatidan 35 dan ortiq xodim aksiyada ishtirok etdi.

Aksiya davomida tibbiyot mutaxassislari donorlikning ahamiyati va uning insonlar hayotidagi o‘rni haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar. Ularga ko‘ra, qon topshirish nafaqat qonga muhtoj bemorlarga yordam, balki donorlar salomatligi uchun ham foydali.

“Madad bo‘l” aksiyasi kompaniya xodimlarining ijtimoiy mas’uliyati va insonparvarlik hissini yanada oshirishga qaratilgan. Kelgusida bunday xayrli tadbirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook