June 16, 2025

8 mingdan ziyod bolajonlar oromgohlarga yuboriladi

Ruscha

Joriy yilning yozgi mavsumi davomida “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi boshqarma va korxonalar ishchi-xodimlarining 8 mingdan ortiq farzandlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborish ko‘zda tutilgan.

Xususan, “Quyoshli”, “Beruniy”, “Yosh alangachi”, “Temur avlodlari”, “Lochin”, “Neftchi”, “Mexrjon”, “Ugam”, “Anor” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlari rejalashtirilgan.

Birinchi smenaga 1959 nafar bola qabul qilindi.

Oromgohlarda bolalarni maroqli dam olishlari uchun suzish xavzalari, sport maydonchalari, to‘garaklar, kutubxonalar, ma’naviyat va ma’rifat, kompyuter xonalari tashkil etilgan.

Bolalarning ma’naviy ongini oshirish va ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida teatr ijodiy jamoalari, shoirlar, taniqli san’atkorlar, rassom va sportchilar jalb etildi.

Tashkil etilgan turli madaniy-ma’rifiy, sport, ko‘ngilochar tadbirlar bolajonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati