September 11

O‘quvchilar uchun ekskursiya tashkil etildi

Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan Ta’lim-ishlab chiqarish klasteri bir qator universitetlar, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va ixtisoslashgan markazlarning hamkorligini ta’minlaydi.

Ushbu klaster doirasida ishlab chiqarish va ta’limni mukammal integratsiya qilish, mutaxassislarning amaliyotdagi tajribalarini oshirish kabi bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari uchun "O‘zbekneftgaz" AJning Markaziy apparatiga tashkil etilgan ekskursiya raqamlashtirish texnologiyalari bilan yaqindan tanishishga imkon yaratdi.

O‘quvchilarga neft-gaz konlari geologiyasi, quduqlarni burg‘ilash va gazni qazib olish jarayonlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mutaxassislar bolalarning savollariga javoblar berish orqali, ularning sohaga bo‘lgan qiziqishini mustahkamladilar va sohadagi zamonaviy tendensiyalar, innovatsiyalar haqida to‘liq ma’lumotlar berishdi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati