September 15, 2023

Mavsum oldidan qo‘shimcha 471,5 mln kub metr tabiiy gaz oqimini olishga erishildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ob’yektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Joriy mavsumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi asosiy muhandislik kommunikatsiyalar, texnologik asbob-uskunalar, uglevodorodlarni qazib chiqarish, qayta ishlash qurilmalarida rejalashtirilgan profilaktika va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar boshqarmaga qarashli 17 ta isitish qozoni va 57 ta sig‘im ta’mirlanib, 5000 metr elektr tarmog‘i montaj qilindi.

Shuningdek, 12 ta transformator podstansiyasi, 8 ta dizel elektr stansiyasi, 11 ta uzluksiz elektr ta’minoti manbalari, 11 ta zahirani avtomatik ulash qurilmasi hamda 3 ta gaz taqsimlash punktining ishchi holati tekshirildi.

Gazni qayta tayyorlash ishlarining jadallashtirish maqsadida “Sharqiy Berdaq”, Arslon" va “Urga” gazni kompleks tayyorlash qurilmalari, “Sharqiy Berdaq” va “Urga” siquv kompressor stansiyalarining gaz haydash agregatlarida ta’mir va joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetdi.

Bundan tashqari, "Arslon" konidagi 2-sonli gaz yig‘ish punktidan "Sharqiy Berdaq" gazni kompleks tayyorlash qurilmasigacha uzunligi 20,4 km bo‘lgan gaz quvurining korroziyaga uchragan qismlari yangisiga almashtirildi.

Tezkor tadbirlar natijasida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich muddatidan avval tugatilib borilmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar boshqarmaga qarashli jami 16 ta quduq burg‘ilanib, yana 16 ta quduq mukammal ta’mirlandi hamda 1 ta texnologik ob’yekt ishga tushirildi. Buning natijasida qo‘shimcha 471,5 mln kub metr tabiiy gaz oqimi olishga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube