May 7

Jamoa birdamligi va unutilmas taassurotlar

"Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash" AJ tomonidan ishchi-xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun Zomin va Samarqand yoʻnalishlarida maʼnaviy-maʼrifiy sayohat tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoada sogʻlom ijtimoiy muhit va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

Sayohat ishtirokchilari dastlab, Zomin togʻlari hududida joylashgan dam olish maskanida boʻlib, musaffo tabiat qoʻynida hordiq chiqardilar. Safar davomida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, samimiy muloqotlar va jamoaviy dam olish jarayonlari ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat uygʻotdi.

Tadbir dasturining ikkinchi kuni Imom al-Buxoriy majmuasi ziyoratgohiga tashrif bilan davom ettirildi. Ishtirokchilar muqaddas qadamjoda boʻlib, ezgu tilak va duolar qildilar.

Mazkur sayohat xodimlarning madaniy hordigʻini tashkil etish, jamoadagi ahillik va korporativ birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

"Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash" AJ Matbuot xizmati