400 mln dollarlik xalqaro kelishuvlar imzolandi
Prezident rahbarligida mamlakat energetika infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish va qurilish ishlarini boshlashga bag‘ishlangan marosim doirasida strategik ahamiyatga ega, sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va investisiyalarni jalb etishni nazarda tutuvchi rasmiy shartnoma imzolash marosimi ham tashkil etildi.
"O‘zbekneftgaz" AJ "Abu Dhabi Commercial Bank" (ADCB), "JPMorgan" hamda "ICBC Standard Bank" banklari bilan 400 million AQSH dollaridan ortiq miqdorda qarz mablag‘larini jalb etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Jalb etilgan mablag‘lar yangi energetika loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnologik modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirish va milliy energetika salohiyatini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Ushbu kelishuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlab, xorijiy moliya institutlarining O‘zbekistondagi investisiya muhitiga bo‘lgan ishonchining ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.