Muborak gazni qayta ishlash zavodida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodida favqulodda vaziyatlarda hamkorlikda harakat qilishga qaratilgan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashqlarda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tegishli harbiy qismlar va zavodning fuqaro muhofazasi tuzilmalari mas’ullari ishtirok etdi. Unda zaharli moddalar tarqalishi kabi shartli holatda shaxsiy tarkibning tezkor harakatlari, evakuatsiya va qutqaruv ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida korxona va tashkilotlarning qo‘riqlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘quv mashqi yakunida ishtirokchilarning harakatlari yuqori baholanib, fuqaro muhofazasi tuzilmalari favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga va uni bartaraf etishga “Tayyor” deb topildi.