June 3

“Uz-Kor Gas Chemical” korxonasida favqulodda vaziyatlarga tayyorlik

Ruscha

Qo‘shma korxonada favqulodda vaziyatlarga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashqlarda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda markaziy dispetcherlik xizmati orqali tezkor xizmatlarga va fuqaro muhofazasi tuzilmalariga ma’lumot yetkazish, shaxsiy tarkibni yig‘ish, saf ko‘rigi va aniq vazifalarni belgilash amaliy harakatlar ko‘rib chiqildi.

Neft mahsulotlarini quyib jo‘natish bo‘limidagi kondensat saqlash sig‘imida yuzaga kelgan shartli yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va shifoxonaga yetkazish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi nazoratdan o‘tkazildi.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tarqalgan hududdan odamlarni chiqarish, panagohlarga joylashtirish va xavfsiz hududga ko‘chirish, qo‘riqlanayotgan hududga kirib kelgan qurollangan noma’lum shaxslarni qo‘lga olish va zavod xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shaylik namoyish etildi.

Mashq yakunida kuzatuvchilar tomonidan ishtirokchilarning bilim va malakasi, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishi yuqori baholandi va ular “TAYYOR” deb topildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati