October 5, 2023

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida rejali ta’mir va modernizatsiya ishlari boshlandi

Ruscha

Ayni paytda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qabul qilinayotgan gaz bosqichma-bosqich kamaytirilib, texnologik qurilma va jihozlarda rejali joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Majmua tomonidan 20 kun davomida1480 ta profilaktik ko‘rik, ta’mirlash va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ta’mirlash ishlari hajmi katta ekanligini hisobga olgan holda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Germaniya, AQSH, Rossiya, Dubay kompaniyalari vakillari va turdosh korxonalardan yordamchi ishchi kuchi va maxsus texnikalar jalb qilingan.

Ta’kidlash joizki, rejali joriy ta’mirlash ishlari va modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalar oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Majmua yiliga 4,0 mlrd kub metrgacha xom ashyo gazi, 3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 110 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 90 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,0 ming tonnadan ortiq oltingugurt granulasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube