October 22

Navoiy viloyatidagi mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda 

Ruscha

Navoiy shahrida “Tog‘-kon metallurgiya, elektrotexnika, elektroenergetika, kimyo sanoati va qurilish materiallari” yo‘nalishlari bo‘yicha hududiy tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yirik sanoat korxonalari, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu tadbirda Jamiyat tizimidagi korxona va idoralar vakillari ham ishtirok etdi.

Unda importdan xarid qilinayotgan yangi turdagi mahsulotlar namoyish etildi. Jumladan, metall buyumlar, sanoat filtrlari, kimyoviy reagentlar va boshqa turdagi mahsulotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mahalliy korxonalar vakillari bilan uchrashuvlarda ular tomonidan berilgan takliflarning ba’zilarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, soha mutaxassislari, mahalliy va xorijiy korxonalar vakillari bilan suhbatlarda tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari har tomonlama ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha neft-gaz sanoatida yangi turdagi sanoat filtrlari, burg‘ulash uskunalari va texnologik qurilmalar uchun ehtiyot qismlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook