Xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan Markaziy apparatdagi departamentlarda mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol bo‘yicha musobaqaga start berilgan edi.
Jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinlar qizg‘in kechdi. Bunday uchrashuvlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish.
3-noyabr kuni ushbu musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
1-o‘rinni Transport va maxsus texnika departamenti xodimlari qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Konlarni ishlatish departamenti xodimlariga nasib etdi. 3-o‘rinni esa Buxgalteriya hisobi va korporativ hisobot departamenti xodimlari egalladi.
G‘olib jamoalar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Faol ishtiroki uchun Kapital qurilish va loyihalashtirish departamenti xodimlari diplom bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, eng yaxshi to‘p urar, eng yaxshi o‘yinchi, eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi himoyachi nominatsiyalari bo‘yicha faol xodimlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.