October 31

Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori o‘zgardi

Ruscha

Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensatsiyasi sifatida to‘lanadi.

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2024 yil 15 oktyabrdagi qarori bilan ushbu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2024 yil III chorakdan boshlab 127 520 so‘mni tashkil qiladi.

Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.

Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan moliyashlashtiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook