April 4

“Air Products” kompaniyasi rahbari “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldi

Ruscha

2025 yil 3 aprel kuni AQSHning nufuzli “Air Products” kompaniyasi yangi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes boshchiligidagi delegatsiya Qashqadaryo viloyatidagi “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lishdi.

Tashrif doirasida kompaniya vakillariga GTL zavodida o‘tkazilgan ikki korxona hamkorligidagi rejali ta’mirlash ishlarining yakuniy natijalari, ta’mirlashdan keyingi ishlab chiqarish samaradorligi haqida ma’lumot berildi hamda mehmonlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish maqsadida zavodning barcha qurilmalari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

E. Menezes “Uzbekistan GTL” zavodining texnologik yutuqlari, sohadagi noyob zavodlardan biri ekanligi, rejali ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yuqori sifatda bajarilganligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, tashrif davomida barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati