“Uzbekistan GTL” xalqaro darajada e’tirof etildi
Tojikistonda o‘tkazilgan “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” Xalqaro ko‘rik-tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan “Uzbekistan GTL” MChJ boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, zavod tanlovning Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Mazkur ko‘rik-tanlov Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha turdagi korxona va tashkilotlar ishtirok etish huquqiga ega. Tadbir ish beruvchi va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, ishchi-xodimlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish masalalarining yuqori saviyada tashkil etilishiga xizmat qiladi.
“Uzbekistan GTL” MChJ boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining ushbu nufuzli tanlovda g‘olib deb topilishi jamiyatda ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirilgan ishlarning yuqori saviyada tashkil etilganligining e'tirofidir.