Buxoro neft va gaz sanoati kolleji 50 yoshda
Bugun “Oʼzbekneftgaz” АJ tizimidagi Buxoro neft va gaz sanoati kollejining 50 yillik yubileyiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.
Maʼlumki, Buxoro neft va gaz sanoati kolleji 1974 yilda tashkil etilgan boʼlib, bugungi kunga qadar bu yerda 25 ming nafardan ortiq talaba tahsil olgan.
Mazkur tadbirda Energetika vazirligi, “Oʼzbekneftgaz” АJ, viloyat hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, respublika va xorijiy neft-gaz va geologiya kompaniyalari rahbarlari va mutaxassislari, kollej jamoasi va talabalari hamda soha faxriylari ishtirok etdi.
Tadbirni xalqaro hamkorlar onlayn kuzatib, kollej jamoasiga tabrik yoʼllashdi.
Shuningdek, tadbir davomida kollejda uzoq yillar samarali mehnat qilayotgan xodimlarga “Oʼzbekneftgaz” АJ va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari taqdim etildi.
Kollej yubileyiga bagʼishlab oʼquvchilar oʼrtasida oʼtkazilgan “Zakovat” intellektual uyini, futbol va shaxmat turniri gʼoliblariga esdalik sovgʼalari topshirildi.