Aksiyadorlar diqqatiga!
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qo‘shilgan jamiyatlarning aksiyadorlariga 2018–2022 yillar yakunlari bo‘yicha hisoblangan, biroq talab qilib olinmagan dividend mablag‘larini to‘lab berish ishlari davom etmoqda.
Talab qilib olinmagan dividendlar jamiyat aksiyadorlarining reyestrida aksiyadorlarning bank rekvizitlari mavjud bo‘lmaganligi sababli yuzaga kelgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ oddiy aksiyalariga ega yagona aksiyadorining 2025 yil
15 apreldagi qaroriga muvofiq 2023 yil yakuni bo‘yicha dividendlarni to‘lash hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat o‘tgach, 2018 yil yakuni bo‘yicha hisoblangan, biroq uning egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yohud merosxo‘ri tomonidan 3 yil davomida talab qilib olinmagan dividendlar “O‘zbekneftgaz” AJ ixtiyorida qoldirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun o‘z rekvizitlarini taqdim etilishi zarurligi, aks holda talab qilib olinmagan dividendlar “O‘zbekneftgaz” AJ ixtiyorida qoldirilishi choralari ko‘rilishi to‘g‘risida e’lonlar berilgan.
Shunga ko‘ra, dividendlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, aksiyadorlardan (ularning vorislari yoxud merosxo‘rlari) “O‘zbekneftgaz” AJning Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilishlarini, bunda aksiyadorning bank rekvizitlari (plastik kartaning raqami, amal qilish muddati va tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi) va pasport nusxasini taqdim etilishini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilish mumkin.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li 2-berk ko‘cha, 143-uy;
Telefon: (+998 71) 231-13-96; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2064, 2067);
Elektron pochta manzili: kans@ung.uz.