May 16, 2025

Gʻoyalar to‘qnashuvi, raqobat va hamkorlik maydoni — “UNG HACKATHON 2025”

Ruscha

Qayd etish joizki, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Energetika forumi doirasida tashkil etilgan “UNG HACKATHON 2025” — bu yoqilg‘i-energetika kompleksida raqamli yechimlar yaratishga qaratilgan yirik texnologik tanlov hisoblanadi.

Ushbu xakaton doirasida neft-gaz sohasida faoliyat yuritayotgan 60 ga yaqin yosh mutaxassis, dasturchi va muhandis 3 kun davomida jamoalarga birlashib, "Yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish" mavzusiga oid aniq muammolarga innovasion yechimlar ishlab chiqish bilan shug‘ullandilar.

Har bir jamoa mutaxassislar, dasturchilar, dizaynerlar va biznes-tahlilchilardan iborat bo‘lib, ularga universitetlarning o‘qituvchilari va talabalari ham qo‘shildi. Ekspertlar tomonidan mentorlik va texnik maslahatlar taqdim etildi.

Birinchi kuni jamoalar taqdim etilgan muammolarni tahlil qilib, yechim konsepsiyalarini ishlab chiqdilar. Ikkinchi kunda kodlash, prototiplash va oraliq taqdimotlar amalga oshirildi. Uchinchi kuni — final bosqichida tayyorlangan ishlanmalar hakamlar hay’atiga taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari yashil energiya, energiya tejamkorligi va neft-gaz konlarini boshqarish sohalarida amaliy yechimlar yaratish bo‘yicha o‘z loyihalarida bellashdilar. Ularning ishlanmalari zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, veb-platformalar va mobil ilovalarga asoslangan bo‘lib, qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatli ishlab chiqildi.

Gʻolib deb topilgan jamoalar: • 1-o‘rin — “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” • 2-o‘rin — “O‘zbekneftgaz” AJ • 3-o‘rin — “SANEG”

Ushbu jarayonda O‘zbekistondagi yirik raqamlashtirish korxonalari rahbarlari, shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar ham faol ishtirok etib, loyihalarni baholashda amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar. Gʻoliblarni aniqlash jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan xolis, shaffof va kasbiy baholash usuli qo‘llanildi. Bunda o‘z bilim va tajribasi bilan hissa qo‘shgan CLICK, Aloqa Ventures, Schlumberger, Honeywell kompaniyalari mas’ullariga minnatdorlik bildiramiz.

“UNG Hackathon 2025” ishtirokchilarning ilmiy va amaliy bilimlarini namoyon etish, innovasion yechimlarni hayotga tatbiq qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yakunlari bo‘yicha g‘olib jamoalarga sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmat