February 11

Korxonalarning operatsion samaradorlik indekslarida sezilarli yaxshilanish kuzatildi

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJda 2024 yil yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligi indekslari asosida tahlillar o‘tkazildi. Erishilgan ko‘rsatkichlar va ularni yanada yaxshilash bo‘yicha keyingi harakatlar muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishlar tashkil etildi. Muhokamalarda korxona rahbariyati, bosh mutaxassislar, bo‘limlar va ishlab chiqarish bo‘linmalari boshliqlari ishtirok etdi.

Kun tartibida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan natijalar muhokama qilindi:

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida o‘tkazilgan tahlillar asosiy indekslarda sezilarli yaxshilanishni ko‘rsatdi.

Jumladan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi qayta ishlash hajmining 1 889 mln kub metrga oshishi natijasida ishlab chiqarish samaradorlik indeksi 12,3 foizga, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida neft mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi 75,4 ming tonnaga ko‘payishi hisobiga samaradorlik indeksi 3,7 foizga, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida qayta ishlash hajmi 5,7 ming tonnaga oshishi natijasida samaradorlik indeksi 3,6 foizga yaxshilandi. Qayd etish joizki, majmuada polietilen va suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarish mos ravishda 5,7 ming va 10,6 ming tonnaga ko‘paydi.

Shuningdek, qator korxonalarda ishonchlilik darajasining oshishi ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarning kamayishiga olib keldi. Xususan, Muborak va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida rejadan tashqari to‘xtalishlar soni kamayishi evaziga yo‘qotishlar mos ravishda 25 326 ming metr kub va 9 453 ming metr kubga qisqardi.

Ayrim ishlab chiqarish korxonalarida tovar-moddiy boyliklar (TMB) qoldiqlari darajasi ham yaxshilandi. Xususan, Muborak gazni qayta ishlash zavodida bir yildan ortiq muddat davomida saqlanib kelayotgan TMB hajmi 2023 yilda 34,9 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu miqdor 2024 yilda 25,9 mlrd so‘mgacha kamaydi. Shu bilan birga, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bir yildan ortiq saqlangan TMB hajmi 2023 yilga nisbatan 8,5 mlrd so‘mga kamaydi.

Energiya sig‘imini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilgani natijasida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodida energiya samaradorligi indeksi yaxshilandi. Natijada, ushbu korxonalarda 2023 yilga nisbatan energiya resurslari sarfi mos ravishda 1,73 kg sh.yo./ming metr kub va 2,3 kg sh.yo./tonnaga kamaydi.

Yig‘ilishlarda korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi va unga mas’ullar tayinlandi. Navbatdagi muhokamalarni joriy yilning birinchi choragi yakunida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook