“Made in Uzbekistan” milliy stendida “O’zbekneftgaz” mahsulotlari ham namoyish etildi
Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan “INNOPROM-2025” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendida “O’zbekneftgaz” AJ ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston sanoati va innovatsion salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida tashkil etildi.
Jamiyat mahsulotlariga xorij kompaniyalari hamda tadbirkorlari tomonidan katta qiziqish bildirildi.
Kompaniyalar vakillari bilan o’tkazilgan muzokaralarda “O’zbekneftgaz” AJ va tasarrufidagi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Xitoyning “YIGEQI” kopmpaniyasi bilan nazorat o’lchov asboblarini O’zbekistondagi neft va gaz korxonalari uchun hamkorlikda ishlab chiqarish yuzasidan muzokaralar o’tkazildi. Tomonlar o’rtasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’cha uchrashuvlar o’tkazishga kelishib olindi.