March 13

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Korporativ munosabatlar departamentiga quyidagi 2 ta lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

- Korporativ kotib xizmatining bosh mutaxassisi;

- Korporativ munosabatlar bo‘limining bosh mutaxassisi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;

• ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: moliya, korporativ boshqaruv, menejment, iqtisod, yuridik;

• tillarni bilishi: o‘zbek tili – og‘zaki va yozma nutq erkin, rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi;

• kompyuter savodxonligi: Ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (Microsoft office: Yexcel, Word, Powerpoint);

• Moliya, iqtisod, korporativ boshqaruv va yuridik sohalarida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi (korporativ boshqaruv sohasida chet el tajribasiga egaligi nomzodning ustun tarafi hisoblanadi).

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• Korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, jumladan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” gi Qonunlarni bilishi;

• Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari va kuzatuv kengashi majlislarini tashkillashtirish hamda o‘tkazish, shuningdek yig‘ilish bayonnomalarini tuzish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi;

• Qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, jumladan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunlarni bilishi;

• Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va muomalada bo‘lishini amalga oshirish;

• O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan axborotlar va hisobotlarni shakllantirish va e’lon qilish;

• Korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari va ilg‘or tajribalari joriy etish;

• Neft va gaz sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

• Analitik fikrlashning yuqori darajasi, mas’uliyatlilik, stressga chidamlilik, punktual, jamoa bilan ishlay olish, ko‘p vazifali rejimda ishlash, natijaga yo‘naltirilganlik, tizimli va moslashuvchan fikrlash, ish tartibiga qaratilgan, yuqori samaradorlik va natijalarga motivatsiyalanganligi;

- neft va gaz sohasida boshqaruv tizimi, xavfsizlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhit, sanoat xavfsizligi va boshqa me’yoriy hujjatlarining talab va asoslari;

Nomzodlar 2024 yil 25 martga qadar rezyume/anketalarini ushbu elektron manzilga yuborishlari yoki ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim: [email protected].

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook