Yoshlar ishlab chiqarish maydonlarida
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning yosh mutaxassislari uchun ishchi ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir nafaqat zavodning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, balki yoshlar bilan ishlash borasidagi tizimli siyosatning amaliy ifodasi ham bo‘ldi.
Ekskursiya zavod faoliyati hamda tarixiga oid qisqa ma’lumot berish bilan boshlandi. Yosh mutaxassislar neftni qayta ishlash jarayonlarini bevosita kuzatishdi. Ular uchun ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari va xavfsizlik talablariga doir batafsil tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarga kasbiy o‘sish, malaka oshirish va BNQIZda yosh kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Qayd etish joizk, zavodda yoshlar bilan ishlash siyosati alohida yo‘nalish sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Ekskursiya chog‘ida ustoz-shogird dasturi, kasbiy mahorat musobaqalari, muntazam o‘quv kurslari va treninglar kabi tashabbuslar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.