March 6

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamentiga Operatsion samaradorlik xizmati mutaxassisi (Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi) lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: Oliy;
• mutaxassisligi: Neft va gaz texnologiyasi, kimyo texnologiyasi, iqtisodiyot menejment, muhandislik;
• tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillari – majburiy (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik beradi)
• kompyuter savodxonligi: Mukammal foydalanuvchi (MS office: Excel, Power Point, Word va b.);
• ish tajribasi: Neft va gaz sohasida kamida 1 yil;

Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:

• Samaradorlik indekslarini hisoblash va faktorli tahlil qilish;
• Ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligi pasayishining sabablarini aniqlash;
• Yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan, zamonaviy va samarali texnologiyalar va yondashuvlarni joriy etish, tegishli protseduralarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
• Tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
• Xodimlarni rag‘batlantirish va korxona faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;

Nomzodlar 2025 yil 14 martga qadar ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook