October 17, 2025
Xitoy kompaniyasi bilan qo‘shma loyiha jadallashadi
“O‘zbekneftgaz” AJ va "United Energy Central Asia" kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda asosiy e’tibor Gazli mintaqasidagi "Qumli" guruh konlarida uglevodorod qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan hamkorlikning joriy holati va istiqbollariga qaratildi.
Tomonlar loyihani amalga oshirishning strategik va texnologik jihatlari, shuningdek, 2026 yilga qadar uglevodorod qazib olish hajmini oshirishga doir chora-tadbirlar rejasini atroflicha muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida hamkorlikdagi loyihani samarali amalga oshirish hamda uni jadallashtirishga qaratilgan keyingi qo‘shma harakatlarni puxta rejalashtirish muhimligi ta’kidlandi.
October 17, 2025, 12:43
0 views