April 25
“O‘zbekneftgaz” AJ Ochiqlik indeksida “yashil” ko‘rsatkichda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024 yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari e’lon qilindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ 2024 yil yakunlari bo‘yicha ushbu reytingda 81,1 ball bilan “yashil” toifaga kiritildi.
Bu natija kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ichki nazorat va xodimlar malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan tizimli ishlar samarasidir.
Eslatib o‘tamiz, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalariga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ “yaxshi” deb topilgan tashkilotlar ro‘yxatida 92 ball bilan beshinchi o‘rinni egallagan edi.
April 25, 06:22
0 views
0 reposts