Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti mas’ullari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda yuqorida keltirilgan Qonun kuchga kirguniga qadar unda qo‘yilgan talablar, belgilangan vazifalar hamda mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Qizg‘in munozara shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar tomonidan Qonunni qo‘llash borasida muammoli masalalarga oid, shu jumladan, yaqin qarindoshlarning bir idorada mehnat qilishlari, davlat organlari va tashkilotlari nazoratida bo‘lgan yuridik shaxslarning faoliyati, manfaatlar to‘qnashuviga oid deklaratsiyani to‘ldirish, bu boradagi munosabatlarni nazorat qilishga oid 40 dan ziyod savollarga mutaxassislar asoslantirilgan javoblar berishdi.
Tadbir davomida SMS shaklida berilgan 70 ga yaqin savollarga maxsus tashkil etilgan telegram guruhda javob berilishi, shuningdek, barcha savol-javoblar uslubiy qo‘llanma shaklida chop etilishi haqida ishtirokchilarga ma’lum qilindi.