“E-kon” loyihasining texnologik va texnik yechimlari ko‘rib chiqildi
“O‘zbeknefgaz” AJ Ilmiy-texnik kengashining (ITK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida “E-kon” gaz konlarini raqamlashtirish loyihasining texnologik va texnik yechimlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan "O‘zLITIneftgaz" loyiha institutining raqamlashtirish bo‘yicha takliflari muhokama qilindi.
Muhokama doirasida Ilmiy-texnik kengashining a’zolari amalga oshirilayotgan yondashuvlarni tahlil qildilar, xavf-xatarlarni qayd etdilar va “E-kon” loyihasini amalga oshirishda qo‘llaniladigan texnologik va texnik yechimlar bo‘yicha takliflarni bildirdilar.
"O‘zLITIneftgaz" loyiha instituti bilan Ilmiy-texnik kengashining takliflarini yanada takomillashtirishga kelishib olindi.
Ta’kidlash joizki, “E-kon” loyihasini amalga oshirilishi quduq operatorlariga gaz ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish uchun tezkor qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ konlarida gaz qazib olish jarayonlarini nazorat qilish darajasini oshiradi va gazni hisobga olishning shaffofligi va aniqligini ta’minlaydi.